Prezident: tadbirkorlar bilan yilda bir emas, kerak bölsa, har oyda muloqot qiliş zarur
Prezidentimiz quriliş materiallari sanoatida erişilgan natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtaldi.
Sönggi ön yilda sohaga 12 milliard dollar investitsiya kiritilib, 5 mingdan ziyod zamonaviy korxona işga tuşirildi. Joriy yilda işlab çiqariş hajmi 2016-yildagi 7 trillion sömdan 65 trillion sömga, eksport esa 75 million dollardan 1,5 milliard dollarga yetişi kutilmoqda.
Mamlakatimizda har yili 50-55 milliard dollar investitsiya jalb etilayotgani quriliş mahsulotlari uçun katta içki bozorni şakllantirmoqda. Qöşni va yaqin mintaqalarda ham bu mahsulotlarga yillik talab 50 milliard dollarga baholanmoqda.
Yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlarni köpaytiriş, mahalliy developerlarni xorijiy tenderlarga olib çiqiş va arzon hamda uzluksiz logistika zanjirlarini yaratiş hisobiga eksportni yaqin yillarda 5 milliard dollarga yetkaziş mumkinligi qayd etildi.
– Lekin hozirgi tez özgaruvçan bozor şaroitida tadbirkorlar bilan yilda bir emas, kerak bölsa, har oyda muloqot qiliş zarur, – dedi Prezidentimiz.
Bu borada vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar oldiga aniq talab qöyildi.
Prezidentimiz quriliş industriyasi va turizm bir-birini töldiradigan, özaro yangi imkoniyatlar oçadigan sohalarga aylanişi zarurligini taʼkidladi.
ÖzA