Ömon Sultonligi poytaxtida Özbekistonning sayyohlik salohiyati namoyiş etilmoqda
Masqat şahrida Özbekistonning turistik jozibadorligini tarğib etişga bağişlangan reklama loyihasi amalga oşirilmoqda. Poytaxtning markaziy va gavjum köçalaridagi LED-ekranlar orqali mamlakatimizning diqqatga sazovor maskanlari, boy madaniy merosi hamda sayyohlik imkoniyatlariga oid videolavhalar namomiyiş etilmoqda.
Uşbu tarğibot tadbirlari Ömon Sultonligi aholisining yurtimizga bölgan qiziqişini oşiriş, ayniqsa, qiş mavsumida xorijlik mehmonlarni faol jalb qiliş va sayyohlar oqimini köpaytirişga yönaltirilgan.
Reklama materiallari Masqat şahrining Saruj va Şatti-al-Qurm kabi nufuzli diplomatik hududlarida, Boşer tumanidagi “Taminat” majmuasida, markaziy tumanlarni boğlovçi “Al-Xayl” avtomagistrali böyida hamda oliy taʼlim muassasalari kampuslari kampusi hududidagi raqamli monitorlarda namoyiş etilmoqda.
Mazkur hududlar keng auditoriya qatlamini, jumladan, mahalliy aholi, talabalar, işbilarmonlar, diplomatik doira vakillari va çet ellik mehmonlarni qamrab oliş imkonini beradi.
Videoroliklar tomoşabinlarni Samarqand, Buxoro va Xivadagi tarixiy obidalar, milliy urf-odatlarimiz hamda qadimiy madaniyatimiz bilan yaqindan taniştiradi. Şuningdek, sayohatçilar uçun yaratilgan zamonaviy şaroitlar va turli turizm yönalişlariga alohida urğu berilgan.
Masqatdagi mazkur taşabbus Özbekistonni yil davomida sayohat qiliş uçun qulay va jozibador mamlakat sifatida tanitiş hamda ikki davlat örtasidagi turistik aloqalarni yanada kengaytirişga xizmat qiladi.
Aziza Alimova, ÖzA