Ibrohim Abdurahmonov: çiqindilarni foydali resursga aylantiriş zarur
Qişloq xöjaligi sohasida hosil yiğib olingaç, daladagi işlar ham yakun topgandek tasavvur paydo böladi. Aslida esa keyingi mavsumning natijasi köp jihatdan aynan şu davrda bajariladigan işlarga boğliq. Dala çetida töplanib qolgan xas-xaşak, qamişzorlar, ariqlardagi çiqindilar va plastik qoldiqlar şunçaki közga taşlanadigan ifloslik emas. Ulardan töğri foydalanilsa, qöşimça daromad manbaini ham yaratiş mumkin.
Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov fermerlar bilan muloqotda aynan şu masalaga eʼtibor qaratdi. Uning taʼkidlaşiça, keyingi mavsumda ortiqça xarajatlarga yöl qöymaslik uçun hozirdanoq dalalarni tartibga keltiriş, yerlarni mavsumga tayyorlaş va çiqindilarni foydali resursga aylantiriş zarur. Vazir bu borada katta mablağ talab qilmaydigan uçta yönalişni taklif qildi.
— Aslida eng birinçi vazifa — dalani tozalaş va organik çiqindilardan öğit tayyorlaş, — deydi Ibrohim Abdurahmonov. — Davlatimiz rahbari bejizga çiqindilarni iqtisodiy resursga aylantiriş va sirkulyar iqtisodiyot tamoyillarini keng tatbiq etiş muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidlab ötmagan. Hosil yiğimidan keyin dalada qoladigan xas-xaşak, qamiş, öt-ölan va şox-şabbalarni yoqib yuboriş örniga ulardan kompost tayyorlaş mumkin. Buning uçun fermer xöjaliklari hududida maxsus çuqurlar taşkil etib, yiğilgan organik qoldiqlarni şu yerga joylaştiriş, zarur hollarda öğit qöşib, çiriş jarayonini yölga qöyişi kerak. Şu tarzda tayyorlangan bioöğitni bahorgaça yetiştiriş va issiqxona xöjaliklariga sotiş ham mumkin. Bu usul bir vaqtning özida dala hududini tozalaş, çiqindilarni qayta işlatiş va qöşimça daromad oliş imkonini beradi. Qamişzorlar, ariqlar atrofi va dala çetlaridagi begona ötlar keyingi mavsumda ham muammo tuğdiradi. Şu bois ularni hozirdan bartaraf etiş, yerlarni tekislaş va suğoriş tarmoqlarini tartibga keltiriş zarur. Begona ötlarga qarşi kuraşda gerbitsidlardan, jumladan, glifosatdan foydalaniş ham kutilgan natijani beradi. Faqat bunday vositalarni qöllaşda mutaxassislar nazorati, belgilangan meʼyorlar va atrofdagi madaniy ösimliklarni himoya qiliş talablariga qatʼiy amal qiliş lozim. Çunki notöğri qöllanilgan kimyoviy vosita mevali daraxtlar va boşqa ekinlarga ham zarar yetkazişi mumkin.
Şuningdek, vazir fermerlarning eʼtiborini plastik qoldiqlar muammosiga qaratdi.
— Polimer idişlar va plyonkalar tabiatda uzoq vaqt saqlanib, mayda zarraçalar — mikro va nanoplastiklarga parçalanişi mumkin, — deydi vazir. — Bunday zarraçalarning atrof-muhit va oziq-ovqat zanjiriga taʼsiri esa jiddiy ekologik masalalardan biri hisoblanadi. Şu bois har bir fermer öz dalasi va uning atrofini plastik çiqindilardan tozalaşi, ularni yoqmasligi va tuproqqa kömmasligi kerak. Yiğilgan plastiklarni qayta işlaş korxonalariga topşiriş orqali ularni ikkilamçi xomaşyoga aylantiriş mumkin.
Ibrohim Abdurahmonov plastik çiqindilarni töplaşni osonlaştiriş uçun dala çetlari va yöl böylariga katta oğizli maxsus savatlar örnatiş taklifini ham bildirdi. Bunday moslamalarni qimmat uskunalarsiz, oddiy metall törlardan yasaş mumkin. Eʼtiborlisi, uçala yönaliş ham faqat tozalikni taʼminlaşga emas, iqtisodiy samaradorlikka ham qaratilgan. Organik çiqindilardan bioöğit tayyorlaş, plastikni qayta işlaşga topşiriş va dala çetlarini öz vaqtida tozalaş orqali fermerlarga ortiqça xarajatlarni kamaytirib, ayrim hollarda esa qöşimça daromad oliş imkonini beradi.
Taʼkidlanganidek, eng muhimi, bu işlarning barçasini qişning oğir kunlari boşlanmasidan, dalaga çiqiş imkoniyati mavjud paytda taşkil etiş lozim. Zero, yangi mavsumga tayyorgarlik bahorda emas, hosil yiğimi tugaganidan keyin boşlanadi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA