Davlatimiz rahbari çöllanişga qarşi kuraşişda xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş muhimligini taʼkidladi
Antaliya şahrida bölib ötayotgan Jahon iqlim sammiti doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev BMT Boş kotibining örinbosari, BMTning Çöllanişga qarşi kuraşiş konvensiyasi ijroçi kotibi Yasmin Fuad bilan uçraşuv ötkazdi.
Çöllanişga qarşi kuraşiş, tanazzulga uçragan yerlarni tiklaş va iqlim özgarişi oqibatlarini bartaraf etiş sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Samarali hamkorlik doirasida sönggi beş yil davomida 15 ta qöşma loyiha amalga oşirilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Orolböyi hududida ekologik muvozanatni tiklaş, örmonlar maydonini kengaytiriş va qurğoqçil ekotizimlar barqarorligini oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uglerod yutilişini hisobga oliş mexanizmlarini takomillaştiriş va karbon moliyasi mablağlarini jalb etiş muhimligi taʼkidlandi.

Uçraşuv yakunida çöllanişga qarşi kuraşiş va ekologik barqarorlikni taʼminlaş sohalarida şeriklikni yanada mustahkamlaş hamda qöşma taşabbuslarni ilgari suriş yuzasidan kelişuvga erişildi.