COP31 sammiti Özbekiston uçun qanday ahamiyatga ega?
Joriy yilning 10-11-noyabr kunlari davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğanning taklifiga binoan Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) tadbirlarida iştirok etiş uçun Antaliya şahrida böladi.
Taʼkidlanişiça, iqlim böyiça global sammitda davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar va moliya institutlari rahbarlari hamda yuqori darajadagi delegatsiyalar iştirok etadi.
Anjuman kun tartibidan BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi Hadli konvensiyaning asosiy qoidalarini röyobga çiqariş, zamonaviy ekologik xatar va tahdidlarga qarşi kuraşiş hamda “yaşil” taraqqiyot maqsad va vazifalarini ilgari suriş borasida keng kölamli xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş masalalari örin olgan.
Xöş, COP31 sammitining global iqlim siyosatidagi örni qanday? Özbekiston Prezidentining mazkur nufuzli yiğindagi iştiroki mamlakatimiz uçun qanday strategik ahamiyat kasb etadi va xalqaro ekologik hamkorlikda qanday yangi imkoniyatlar oçişi mumkin?
ÖzA muxbiri uşbu mavzular xususida siyosiy fanlar doktori, professor Farhod Karimov fikrlarini yozib oldi.

– Bilasizmi, COP31 – global iqlim siyosatida xalqaro hamkorlikning muhim maydoni. 9–20-noyabr kunlari Turkiyada ötkazilayotgan mazkur xalqaro anjuman ekologik tahdidlarga qarşi kuraşiş, Parij bitimi majburiyatlarini amalga oşiriş va “yaşil” iqtisodiyotga ötiş masalalarini muhokama qilişga qaratilgan.
Sammitning siyosiy ahamiyati iqlim muammolarini davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti, energetika va milliy xavfsizlik manfaatlari bilan bevosita boğlaşidadir.
Özbekiston Prezidentining sammitdagi iştiroki mamlakat taşqi siyosatida ekologik diplomatiyaning örni ortib borayotganini aks ettiradi. Davlatimiz rahbarining Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan taklifiga binoan sammitda qatnaşişi Özbekiston uçun iqlim masalalarini xalqaro muloqotning muhim yönalişi sifatida ilgari suriş imkoniyatini yaratadi. Bu jarayon ekologik muammolarni faqat içki siyosat emas, balki xalqaro hamkorlik doirasida hal etiş zaruratini körsatadi.
Ölkamizning iqlim diplomatiyasi milliy manfaatlar va global majburiyatlarning özaro uyğunligiga asoslanadi. Mamlakatimiz 1993-yilda BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasiga, 2018-yilda esa Parij bitimiga qöşilgan. COP31 dagi iştirok uşbu xalqaro majburiyatlarning amaliy ijrosi, iqtisodiy modernizatsiya va ekologik barqarorlik örtasidagi boğliqlikni mustahkamlaş uçun muhim platformadir.
“Yaşil” iqtisodiyotga ötiş yurtimiz uçun yangi iqtisodiy imkoniyatlarni şakllantirişi mumkin. Qayta tiklanuvçi energiya manbalarini kengaytiriş, energiya samaradorligini oşiriş, ekologik toza texnologiyalarni joriy etiş va “yaşil” investitsiyalarni jalb qiliş iqtisodiy rivojlanişning muhim yönalişlaridir.
Şu nuqtai nazardan, COP31 nafaqat ekologik muzokaralar, balki texnologik hamkorlik va investitsiyaviy şeriklik maydonidir.
Iqlim özgarişi oqibatlarini yumşatişni moliyalaştiriş masalasi respublikamiz uçun alohida strategik ahamiyatga ega. Rivojlanayotgan davlatlarda ekologik modernizatsiya katta moliyaviy resurslarni talab qiladi. COP31 doirasida iqlim moliyasi, toza energetika va moslaşuv loyihalarini muhokama qiliş közda tutilgan. Özbekiston uçun xalqaro moliya institutlari bilan şeriklikni kengaytiriş, grantlar va imtiyozli moliyalaştiriş imkoniyatlaridan foydalaniş muhim istiqbolli yönaliş bölişi mumkin.
Suv diplomatiyasi esa diyorimiz taşqi siyosatining istiqbolli yönalişlaridan biri bölib qolmoqda. Iqlim özgarişi şaroitida transçegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalaniş, suv tejovçi texnologiyalarni rivojlantiriş va qöşni davlatlar bilan hamkorlikni kuçaytiriş mintaqaviy barqarorlikning muhim omilidir. COP31 kabi xalqaro platformalar suv xavfsizligi masalasiga global eʼtiborni oşirişga xizmat qilişi mumkin.
Orolböyi muammosining xalqaro miqyosda ilgari surilişi Özbekiston ekologik diplomatiyasining muhim yönalişi hisoblanadi. Orol dengizi fojiasi iqlim özgarişi, ekologik degradatsiya va inson xavfsizligi örtasidagi boğliqlikni namoyon etadi. Mamlakatimiz uçun uşbu muammoning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumşatişga qaratilgan xalqaro loyihalarni kengaytiriş va ekologik innovatsiyalarni jalb qiliş dolzarbdir.
Prezidentimizning sammit doirasidagi ikki tomonlama uçraşuvlari ekologik hamkorlikni amaliy loyihalarga aylantiriş imkoniyatini beradi. Rasmiy dasturga köra, davlatimiz rahbarining yalpi sessiyada nutq sözlaşi hamda qator uçraşuv va muzokaralar ötkazişi rejalaştirilgan. Bunday muloqotlar doirasida energetika, suv xöjaligi, ekologik texnologiyalar va investitsiyalar böyiça hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari mavjud.
Sammitning mintaqaviy ahamiyati Markaziy Osiyoda ekologik hamkorlikni institutsional jihatdan mustahkamlaş imkoniyati bilan boğliq. Iqlim özgarişi davlat çegaralarini tan olmaydigan muammo bölgani sababli, uni hal qilişda mintaqaviy hamjihatlik talab etiladi. Özbekiston xalqaro muzokaralar orqali suv, energetika va atrof-muhit muhofazasi sohalarida qöşma taşabbuslarni ilgari surişi mumkin.
Umuman olganda, COP31 sammitida Özbekiston Prezidenti Ş.Mirziyoyevning iştirokini uçta strategik yönalişda tahlil qiliş mumkin: birinçidan, xalqaro iqlim diplomatiyasida mamlakat manfaatlarini ilgari suriş; ikkinçidan, Markaziy Osiyoning suv va ekologik xavfsizlik masalalariga global eʼtiborni kuçaytiriş; uçinçidan, “yaşil” iqtisodiyotga ötiş uçun xalqaro investitsiya, texnologiya va moliyaviy resurslarni jalb etiş.
Eng muhimi, mazkur muloqotlar doirasida ilgari suriladigan taşabbuslarni aniq loyihalar va amaliy natijalarga aylantiriş mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga xizmat qiladi. Binobarin, bugungi iqlim diplomatiyasi nafaqat atrof-muhitni muhofaza qiliş, balki kelajak avlodlar uçun xavfsiz va farovon hayot asoslarini yaratişning ham muhim vositasidir.
Ötkir ALIMOV, ÖzA