Özbekiston va Rossiya axborot agentliklari hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga tayyor
Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA) va Rossiyaning TASS axborot agentligi taşkilotçiligida III Özbekiston – Rossiya media forumi bölib ötmoqda.
Forumning oçiliş marosimida ÖzA boş direktori, senator, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Abdusaid Köçimov ikki mamlakat yetakçi ommaviy axborot vositalari vakillarini qutlab, media hamkorlikni rivojlantirişning ahamiyati haqida söz yuritdi.
Taʼkidlanganidek, Özbekiston va Rossiya örtasidagi munosabatlar bugun izçil rivojlanmoqda. Bu jarayonda davlatlararo aloqa va iqtisodiy loyihalar bilan bir qatorda xalq, jamiyat va kasbiy hamjamiyatlar örtasidagi muloqot ham muhim örin tutadi. Ayniqsa, ommaviy axborot vositalari ikki mamlakat aholisini bir-biriga yaqinlaştiriş, özaro tuşunişni mustahkamlaşda keng imkoniyatga ega.
Bugun axborot agentliklari faoliyatiga talab özgargan. Ilgari tezkor xabar tarqatiş asosiy vazifa edi, hozir bu yetarli emas. Auditoriya hodisa haqidagi xabar bilan birga voqeaning sababi, mazmun-mohiyati va odamlar hayotiga taʼsirini ham bilişni istaydi. Şu bois zamonaviy jurnalistikada tahlil, keng kontekst, qiziqarli hikoya va sifatli vizual material ham muhim.
ÖzA rahbari Agentlik faoliyatida ham ayni yondaşuv ustuvor ekanini qayd etdi. Keyingi yillarda agentlik xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, axborot maydonidagi iştirokini oşiriş va takomillaştirişga alohida eʼtibor qaratmoqda. Asosiy maqsad faqat voqealarni yoritiş emas, balki öquvçiga mamlakatimiz va xorijda keçayotgan jarayonlar haqida mazmunli tasavvur berişdir.
Bu borada Rossiyalik hamkasblar bilan hamkorlik ikhim örin tutadi. Köp yillik kasbiy aloqalar özaro hurmat va işonçga asoslangan barqaror şeriklikka aylangan. Tomonlar qöşma loyihalar amalga oşirib, axborot materiallari almaşib, jurnalistlar uçun uçraşuv, seminar va treninglar taşkil etib kelmoqda.
Jumladan, ÖzA jurnalistlari Rossiyada ötkaziladigan yirik xalqaro tadbirlar, xususan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi, “Rossiya – Islom olami: QozonForum” va boşqa nufuzli maydonlarni muntazam yoritib boradi. Bunday iştirok nafaqat voqealarni joyidan turib yoritiş, balki soha mutaxassislari bilan muloqot qiliş, yangi iş usullarini örganiş va kasbiy aloqalarni mustahkamlaş imkonini ham beradi.
ÖzA boş direktori köp yillik hamkorlik, kasbiy oçiqlik va yangi taşabbuslarga doimo tayyorligi uçun TASS boş direktori Andrey Kondraşov va agentlik jamoasiga minnatdorlik bildirdi.
Şuningdek, ikki agentlik örtasidagi hamkorlik salohiyati hali töliq işga solinmagani taʼkidlandi. Xususan, mavjud axborot va vizual materiallardan faolroq foydalaniş, maxsus qöşma media loyihalar tayyorlaş orqali ikki mamlakat hayotini yanada kengroq yoritiş mumkin.
ÖzA Rossiyalik hamkasblar bilan birga Özbekistonda tasvirga oliş işlarini yölga qöyiş, intervyular taşkil etiş, zarur axborot materiallari taqdim qiliş, tahririyatlar örtasidagi bevosita aloqalarni rivojlantirişga tayyor. Bunday taşabbuslarga muntazam tus beriş, media forumni esa doimiy kasbiy muloqot maydoniga aylantiriş taklif etildi.
Forum iştirokçilariga murojaat qilar ekan, Abdusaid Köçimov bu uçraşuv yangi tanişuv, mazmunli muhokama va aniq qöşma taşabbuslarga turtki berişini bildirib, ikki mamlakat xalqlari bir-birini yanada yaqinroq tanişi, hamkorlik uçun yangi imkoniyat topişi muhimligini taʼkidladi. Tadbir iştirokçilariga esa samarali muloqot yölida belgilangan rejalari muvaffaqiyatli amalga oşişini tiladi.
Dilşod Hakimov,
Farhod Abdurasulov (surat),
ÖzA