Xavfsizlik masalalari böyiça xalqaro muloqot
Samarqand şahrida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi eskpertlar muloqoti öz işini boşladi.
“Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik: yangi texnologiyalar rivojlanişini hisobga olgan holda terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş” mavzuidagi tadbir Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbari general-polkovnik B.Qurbonov raisligida ötkazilmoqda.

Uçraşuv avvalida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning xalqaro muloqot qatnaşçilariga murojaatini Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi V. Mahmudov öqib eşittirdi.
Mazkur formatni yölga qöyiş taşabbusi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevga tegişli bölib, ilk bor 2024-yilda ŞHTning Ostona şahridagi sammitida yangragan.
2025-yilda Tyanszinda bölib ötgan Taşkilotga aʼzo davlatlar rahbarlari kengaşi yiğilişida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqotini Samarqandda ötkaziş taklif qilingan edi.

Uçraşuvda ŞHTga aʼzo davlatlar, kuzatuvçilar, muloqot böyiça hamkorlar maxsus xizmatlarining rahbarlari hamda vakillari, xalqaro taşkilotlar vakillari, şuningdek, taklif etilgan mehmonlar qatnaşmoqda.
Ğ. Hasanov, A. Isroilov (surat), ÖzA muxbirlari