O‘tgan o‘n yilda sportchilarimiz yirik xalqaro musobaqalarda 5 ming 518 ta medalni qo‘lga kiritdi
Mamlakatimiz yetakchisi so‘nggi yillarda ommaviy sportdan professional sportgacha, iqtidorlarni saralashdan xalqaro musobaqalarga tayyorlashgacha bo‘lgan yaxlit tizim yaratilganini ta’kidladi.
– Bu ishlarning zamirida farzandlarimizni sog‘lom, irodali va mustaqil fikrlaydigan inson etib tarbiyalashga bo‘lgan intilishimiz mujassam, – dedi davlatimiz rahbari.
O‘tgan o‘n yilda sportchilarimiz yirik xalqaro musobaqalarda 5 ming 518 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 1 ming 675 tasi oltin medal bo‘lib, bu avvalgi o‘n yillikka nisbatan uch karra ko‘pdir. Medallarning uchdan biri sportchi qizlarimiz hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Yaqinda Samarqandda o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida yigitlarimizning ikkinchi bor g‘olib bo‘lishi ham mamlakatimiz shaxmati tarixida alohida sahifa ochdi.
O‘zA