Rossiya Hukumati Raisi O‘zbekistonga keldi
Bugun, 16-iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin V Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashish uchun poytaxtimizga keldi.
“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida yuksak martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
RF hukumati rahbarining mamlakatimizga bu galgi tashrifi dasturi ham sermazmun. Xususan, Mixail Mishustin tashrifi doirasida nufuzli xalqaro anjumandan tashqari oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq, O‘zbekiston – Rossiya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan qator tadbirlar – uchrashuv va muzokaralarda ham ishtirok etadi.
[gallery-29978]
G‘.Xonnazarov, N.Haydarov (surat), O‘zA