Belarus Bosh vaziri O‘zbekistonda
Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchin poytaxtimizda 16-18-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga yetib keldi.

“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Turchin joriy yil fevral oyida ham rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lgan edi.
O‘zA