OpenAI kompaniyasi aksiyasi birjaga chiqadi
Sun’iy intellekt sohasiga ixtisoslashgan mashhur “ChatGPT” modeli yaratuvchisi – “OpenAI” kompaniyasi aksiyasini AQSHda ommaviy savdoga chiqarishga tayyorgarlikni boshladi.
Ma’lum qilinishicha, buning uchun Qimmatli qog‘oz va birja komissiyasiga maxsus S-1 shaklidagi ariza maxfiy tarzda taqdim etilgan. Mazkur jarayon kompaniya IPO – aksiyani birlamchi ommaviy joylashtirish bosqichiga tayyorlanayotganini anglatadi.
Hozircha birjaga chiqishning aniq sanasi aytilmagan. Kompaniya bayonotida qayd etilishicha, ayrim strategik vazifalarni xususiy korxona maqomida turib amalga oshirish osonroq kechishi mumkin.
“Reuters” agentligi tahliliga ko‘ra, “OpenAI” fond bozoriga sentabrdayoq chiqishi mumkin. Mutaxassislar kompaniya qiymatini 1 trillion dollarga baholamoqda.
D.Hakimov, O‘zA