Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
Transport vazirligining malum qilishicha, “Uzautotrans Service” MCHJ joriy yilning 8-iyun sanasidan Toshkent — Cho‘lpon-Ota (Issiqko‘l) yo‘nalishida mavsumiy avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi.
Ma’lum qilinishicha, avtobuslar Toshkentdan iyun oyining juft kunlarida harakatlanadi. Issiqko‘ldan Toshkentga qaytish reyslari esa oyning toq kunlarida amalga oshiriladi.
Qatnovlar zamonaviy va qulay Yutong rusumidagi avtobuslarda tashkil etiladi. Avtobus har kuni soat 15:00 da “Toshkent” avtovokzalidan jo‘nab ketadi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha bir tomonlama chipta narxi 365 ming so‘m etib belgilangan.
Mavsumiy avtobus qatnovining yo‘lga qo‘yilishi fuqarolar uchun Qirg‘izistonning mashhur dam olish maskani — Issiqko‘lga qulay va arzon safar qilish imkoniyatini yaratadi.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA