“Har bir mahalla – futbol maydoni” dasturi umummilliy harakatga aylanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan uchrashuvi davom etmoqda.
–Biz uchun futbol nafaqat professional sport turi, balki yoshlar tarbiyasi, sog‘lom turmush, intizom va vatanparvarlik maktabi bo‘ladi.
Endi yurtimizdagi har bir mahallaga futbol nafasi kirib boradi. Har bir bolaga o‘z mahallasida to‘p tepish, musobaqalarda qatnashish, o‘z iste’dodini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi, – dedi Prezidentimiz.
Buning uchun “Har bir mahalla – futbol maydoni” dasturi boshlanadi. Bu umummilliy harakatga aylanadi.
Dastur doirasida “Mahalla ligasi” tashkil etilib, 12-17 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida mahalla futbol jamoalari tuziladi. Har yili havaskor futbolchilar ishtirokida “mahalla – tuman – viloyat – respublika” bosqichidan iborat musobaqalar o‘tkaziladi.
Umuman, “Mahalla ligasi” eng yaxshi iqtidorlarni seleksiya qilishda professional klublar uchun tayyor baza bo‘ladi.
O‘zA