Nurota tog‘li qishloqlari – tabiat va hayot uyg‘unligi
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyatidagi Nurota tog‘lari bag‘rida joylashgan qishloqlar tabiatning betakror go‘zalligi va inson mehnati uyg‘unlashgan maskanlardan biri hisoblanadi. Bu hududga tashrif buyurganlar sokinlik, musaffo havo va samimiy muhitni his etadi.
Nurota tog‘ tizmalari orasidagi qishloqlarda hayot tabiiy va an’anaviy tarzda davom etmoqda. Mahalliy aholi asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Uzumzorlar, mevazor bog‘lar hamda tog‘ yonbag‘irlaridagi ekin maydonlari hudud manzarasining ajralmas qismi hisoblanadi.
Bahor faslida tog‘ yonbag‘irlari ko‘kalamzorga burkanib, turli gullar ochiladi. Mayin shamol va qushlar sayrashi tabiatga o‘ziga xos jon baxsh etadi. Yoz oylarida esa soya-salqin daraxtzorlar ostida dam olish, tabiat bag‘rida hordiq chiqarish uchun qulay sharoitlar mavjud. Qish faslida qishloqlar oq qor qo‘ynida yanada jozibali ko‘rinish kasb etadi.
[gallery-28770]
Hududda inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanat saqlangan bo‘lib, bu yerga tashrif buyurganlar qalbida iliq taassurotlar qoldiradi.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA