Olimlarning ilmiy ishi natija bersa 100 million so‘mdan mukofot beriladi
Umuman, Sport vazirligi va hokimlar oldiga joriy yilda yangi tizim orqali sport bilan doimiy shug‘ullanuvchilar sonini 2 karra oshirib, 1 million nafarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Xuddi futboldagi kabi “Besh tashabbus” musobaqasi va sport bilan doimiy shug‘ullanuvchilar bo‘yicha ham shaffof, raqamlashgan tizim qilish zarurligi qayd etildi.
Mutasaddilarga sun’iy intellekt yordamida sportchi va murabbiylarning natijasini tahlil qilib, mashg‘ulotlar rejasini tuzadigan platforma yaratish topshirildi.
Sportdagi ilmiy ishlar bundan keyin faqat dolzarb muammolar yechimiga qaratilib, natijasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliyotga joriy qilinishi zarurligi ta’kidlandi. Endilikda olimlarning ilmiy ishi natija bersa, sportchilarning yutuqlari ko‘paysa, xalqaro musobaqalarda medal olib kelsa, ushbu olimlarga 100 million so‘mdan mukofot beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
O‘zA