Xorazmlik og‘ir atletikachilarga teng keladigani yo‘q
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan qariyb 300 nafar og‘ir atletikachilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Musobaqa ilk bor Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) tomonidan joriy etilgan yangi 8+8 vazn toifalari tizimi asosida tashkil etildi.
Shuningdek, milliy chempionatlar tarixida ilk bor sportchilar nafaqat ikki kurash (umumiy natija), balki alohida dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish mashqlari bo‘yicha ham medallar bilan taqdirlandi.

Jamoaviy musobaqalar yakuniga ko‘ra, Xorazm viloyati terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza bilan birinchi o‘rinni egallab, musobaqaning mutlaq g‘olibi bo‘ldi. Namanganlik polvonlar esa 3 oltin, 5 kumush va 2 bronza, Navoiy jamoasi esa 3 tadan oltin va bronza, 2 ta kumush medal jamg‘arib, kuchli uchlikdan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA