Kinan Yildiz: "Men bu jamoa bilan faxrlanaman"
Bizda yaxshi jamoa bor va albatta Jahon chempionatiga chiqamiz.
Turkiya terma jamoasi va Turinning "Yuventus" klubi vingeri Kinan Yildiz Ruminiyaga qarshi o‘tgan bahs haqida gapirdi.
"Biz o‘yinni ko‘tarinki kayfiyatda boshladik va yakunladik. Bellashuvda to‘liq ustunlik biz tomonda bo‘ldi desam noto‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Birinchi bo‘limda gol urishni uddalay olmadik. Raqibning 3 nafar futbolchisi bir o‘zimga qarshi o‘ynadi. Biroq ikkinchi bo‘limda raqib darvozasini ishg‘ol etishni uddaladik. Bizda yaxshi jamoa bor va albatta Jahon chempionatiga chiqamiz. Men bu jamoa bilan faxrlanaman", - dedi Yildiz.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya terma jamoasi Ruminiyani minimal hisobda mag‘lub etib, final bosqichiga yo‘l oldi. Endi ular 31-mart kuni Kosovaga qarshi mundial yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi.