Braziliya terma jamoasi vingeri Rafinya jarohat oldi
29 yoshli futbolchi bugun jarohatning qay darajada jiddiy ekanini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Braziliya terma jamoasi hamda Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Rafinya Dias jarohat olgani tasdiqlandi.
Fransiya terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan bellashuvda Braziliya terma jamoasi yetakchilaridan biri Rafinya Dias jarohat oldi va ikkinchi bo‘lim avvalida uning o‘rniga "Zenit" vakili Luis Enrike maydonga tushirildi. Xabarlarga ko‘ra, futbolchi o‘ng oyoq son mushaklarida og‘riq his qilgan va bosh murabbiy Karlo Anchelottidan o‘zini almashtirishni so‘ragan. 29 yoshli futbolchi bugun jarohatning qay darajada jiddiy ekanini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, tunda bo‘lib o‘tgan bahsda Fransiya Braziliyani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.