Jahon chempionatida joriy etiladigan 5 ta yangi qoida
FIFA 2026-yilgi jahon chempionati uchun yangi qoidalarni joriy etish haqida qaror qabul qildi. The Touchline nashri ushbu qoidalar haqida ma’lumot berdi.
1-qoida — Tezkor almashtirishlar. Futbolchi maydonni tark etishi uchun 10 soniya vaqt beriladi. Agar kechikish yuz bersa, uning o‘rniga tushayotgan futbolchi o‘yinga faqat 1 daqiqadan so‘ng qo‘shilishi mumkin bo‘ladi.
2-qoida — To‘pni o‘yinga kiritish va darvozadan zarbalar. Futbolchilar autni yoki darvozadan zarbani 5 soniya ichida bajarishlari shart. Agar kechikish yuz bersa, to‘p raqib jamoaga o‘tadi.
3-qoida — Tibbiy yordam. Agar futbolchiga shifokorlar yordam ko‘rsatsa, u maydonni 1 daqiqaga tark etishi shart. Istisno holat — agar futbolchiga nisbatan qilingan qo‘pollik uchun raqibga kartochka ko‘rsatilgan bo‘lsa.
4-qoida — VAR imkoniyatlarining kengayishi. Videoassistent endilikda ikkinchi sariq kartochkalarni va noto‘g‘ri belgilangan burchak to‘plarini tekshirish huquqiga ega bo‘ladi.
5-qoida — Sardor va hakam. Faqat jamoa sardorigina hakam bilan muloqot qilishi mumkin. Qolgan futbolchilarga hakam bilan gaplashishga bo‘lgan har qanday urinish uchun darhol sariq kartochka ko‘rsatiladi.