Roberto Martines: "Ronaldu bilan hech qanday muammo yo‘q"
Krishtianuning joriy mavsumdagi barcha jismoniy ko‘rsatkichlari uning a’lo darajadagi sport formasida ekanini ko‘rsatmoqda.
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronalduning jismoniy holatidan shubha qilmayotganini aytdi.
"Ronaldu mushaklaridan kichik jarohat olgan. O‘ylaymanki, u tez orada 1-2 hafta ichida tuzalib ketadi. Krishtianuning joriy mavsumdagi barcha jismoniy ko‘rsatkichlari uning a’lo darajadagi sport formasida ekanini ko‘rsatmoqda. U bilan hech qanday muammo yo‘q", - dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi 29-mart kuni Meksikaga qarshi bahs olib borsa, 1-aprel sanasida AQSh bilan kuch sinashadi.