Futbol xabarlari
“Opta” superkompyuteri futbol klublarining milliy chempionatdagi natijalari, liganing umumiy darajasi, shuningdek, mamlakat va qit’a jadvalidagi o‘rinlarini hisobga olib, jahon reytingini yangiladi.
Ushbu yangilangan jahon reytingidan 13 mingdan ortiq jamoalar qatori O‘zbekiston Superligasi klublari ham joy oldi.
Jumladan, ikki klubimiz – "Neftchi" – 933, "Nasaf" – 954, "Paxtakor" esa 1017-o‘rinni band etdi. Reytingda Angliyaning "Arsenal" klubi yetakchilik qilmoqda. Kuchli beshlikdan "Bavariya", "Barselona", "Real Madrid" va "Manchester Siti" o‘rin olgan.
***
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqasining I va II bosqich uchrashuvlari sanasi va vaqti rasman ma’lum qilindi. O‘yinlar joriy yilning 22–26-mart kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

***
Bugun, 22-mart kuni hamyurtimiz Abduqodir Husanovning jamoasi "Manchester Siti" Angliya liga kubogining finalida "Arsenal"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.

***
Bundesliganing 27-turida Myunxenning "Bavariya" jamoasi o‘z maydonida 'Union"ni 4:0 hisobida tor-mor qildi. Natijada Vensan Komani shogirdlari milliy chempionatning bu mavsumda raqiblar darvozasiga urgan gollari soni 97 taga yetdi. Myunxen klubini 1971-1972-yilda 101 gol urib, o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etgan. Shu orqali "Bavariya" o‘z rekordini yangilashiga 4 gol qoldi.

***
APL 31-turidan o‘rin olgan "Brayton" — "Liverpul" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Denni Uelbek 14 va 56-daqiqalarda dubl qayd etgan bo‘lsa, Milosh Kerkez o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
***
Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘z lavozimini tark etishi mumkin. Bunga sabab, jamoa mamlakat Superligasidagi muvaffaqiyatsizligidir. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, jizzaxliklar yangi mavsumning dastlabki 4 turida atigi 1 ochko jamg‘ardi. Bu esa turnir jadvalida keskin pasayishga va rahbariyatning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA