Turkiyalik mehmonlar Andijonda
Navro‘z bayrami tantanalarida qatnashish uchun qardosh Turkiya Respublikasidan 200 nafarga yaqin mehmonlar Andijonga tashrif buyurdi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil yanvar oyida Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Xatay viloyatining Arsuz tumanida “O‘zbekiston” turar-joy majmuasining ochilish marosimida turkiyalik qardoshlarni, xususan, Xatay aholisi vakillarini yurtimizda o‘tkaziladigan Navro‘z bayramiga taklif etgan, qolaversa, Andijon, Samarqand, Xiva shaharlari bilan tanishish taklifini bildirgan edi.
Ana shu taklif asosida Turkiyaning Xatay viloyati hokimi o‘rinbosari Mustafa Masatlini Mehmet Tural boshchiligida turkiyalik mehmonlar Andijonga keldi.
Mehmonlarni Bobur nomli xalqaro Andijon aeroportida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sanjar Tojiyev tantanali kutib oldi.
[gallery-28270]
Mehmonlar Bobur shahrida bo‘lib o‘tgan Navro‘z bayrami tantanalarida ishtirok etdi.
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (foto), O‘zA