Mandarinning yangi navi import o‘rnini bosa oladimi? (+video)
O‘zbekiston 12 davlatdan mandarin import qiladi. Barchamiz uchun sevimli bo‘lgan bu mevaning xorijdan kirib kelishi yildan yilga oshib bormoqda. Toshkent davlat agrar universiteti olimlari tomonidan yaratilgan va davlat reyestriga kiritilgan yangi mahalliy mandarin navi ana shu import o‘rnini bosishi kutilmoqda.
Maftunaxon Mahmudjonova ushbu ilm dargohining umidli yosh olimalaridan. Sitrus mevalarda chuqur ilmiy izlanishlar olib borayotgan “Mevachilik va uzumchilik” kafedrasi ilmiy xodimi, professor Muhammadaziz Faxriddinovning shogirdi. Ustoz va shogird bir necha yillik ilmiy tadqiqotlari natijasida yaratilgan meva O‘zbekiston iqlimiga mos keladi va kimyoviy ishlov berishni talab qilmaydigan ekologik toza mahsulot. Mazkur yangi “Mediana” mandarin navi Adliya vazirligining Seleksiya yutuqlari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Bugun bozorlarda chaqqon bo‘lgan bu mevani mahalliylashtirilishi O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi va mahalliy seleksiyaning rivojlanishidagi muhim qadamlardan biridir.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/P9APZpAgC7c" title="Mandarinning yangi navi import o`rnini bosa oladimi? " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Salim Obidjonov, O‘zA