Tungi reyd: Issiqxona faoliyati o‘rganildi (+video)
Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik talablar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Qibray tumanida navbatdagi ekoreyd tadbirlari olib borildi.
Xususan, tumanning "Farovon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “BLOSSOM GARDENS” MCHJ korxonasiga qarashli issiqxona faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida issiqxona gulchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, korxona isitish qozonxonasi gaz tarmog‘iga ulangan bo‘lib, u soz holatda ekani va ekologik hamda texnik talablarga rioya etgan holda ishlatilayotgani aniqlandi.
Mutasaddilar tomonidan issiqxona egalariga faoliyati davomida ekologik talablarga amal qilishi va atmosfera havosini ifloslantiruvchi tashlamalar chiqishiga yul quymasliklari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FzUguWC8l5Q" title="Tungi reyd: Issiqxona faoliyati o`rganildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Maxsus komissiya ishtirokidagi ekologik reyd tadbirlari davom etmoqda.
Hamroz Bayonov, O‘zA