Eronda minimal ish haqi 60 foizga oshirildi (+video)
Eron hukumati mamlakatda davom etayotgan urush va rekord darajadagi inflyatsiya sharoitida minimal ish haqini 60 foizga oshirishini e’lon qildi, deb xabar berdi Euronews
Eron mehnat vaziri Ahmad Meydari minimal ish haqi 103 million rialdan 166 million rialga oshirilishini tasdiqladi.
Bu chora yashash xarajatlari keskin oshib ketganligi sababli, ularni qisman qoplash maqsadida qabul qilindi. Qaror noroziliklar, sanksiyalar kuchayishi hamda Isroil va AQSH bilan davom etayotgan ziddiyat sharoitida qabul qilindi.
Minimal ish haqining oshirilishi mehnat tashkilotlari bosimiga javob sifatida qabul qilingan bo‘lib, jamiyatdagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan.
Eron har yili minimal ish haqini inflyatsiyaga qarab oshiradi. Biroq hozirgi urush va sanksiyalar bu siyosatni jiddiy sinovga solmoqda.
60 foizlik oshirish katta ko‘rinsa-da, u bir oilaning asosiy ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan taxminan 580 million rialga yetmaydi. Kasaba uyushmalari esa kamida 600 million rial talab qilgan.
So‘nggi o‘n yilda ish haqining haqiqiy xarid qobiliyati dollarga nisbatan 300 foizdan ko‘proq pasaygan. Ko‘plab oilalar, ayniqsa kambag‘al qatlam go‘sht iste’molini keskin kamaytirgani sezilmoqda.
Ko‘plab eronliklar qo‘shimcha daromad izlashga yoki mulklarini sotishga majbur bo‘lmoqda. Ular ko‘proq uglevodli ozuqaga o‘tishga majbur bo‘lishmoqda, bu esa jamiyat salomatligiga xavf tug‘diradi.
Mutaxassislar fikricha, 60 foizlik oshirish vaqtinchalik yengillik berishi mumkin, ammo chuqur iqtisodiy islohotlarsiz bu chora uzoq davom etmaydi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7uMDeENW7UM" title="Eronda minimal ish haqi 60 foizga oshirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>K.Bekjonov, O‘zA