Surxondaryoda Navro‘z bayrami va xalq sayillari bo‘lib o‘tmoqda
Bugun yurtimizning har bir go‘shasida Navro‘z umumxalq bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda. Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Yangi O‘zbekiston massivi”da ham bayram tadbirlari va xalq sayillari davom etmoqda.
“Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlarda nuroniylar, yoshlar va turli tashkilotlar vakillari ishtirok etib, milliy urf-odatlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va folklor chiqishlari namoyish etilmoqda. Ayniqsa, milliy taomlar ko‘rgazmasi va sport musobaqalari hamda hunarmandchilik mahsulotlari bayramga alohida fayz bag‘ishlaydi.
[gallery-28223]
Tadbir davomida xalqimizning tinchlik, hamjihatlik va mehr-oqibati yana bir bor namoyon bo‘ldi. Barcha ishtirokchilar bir-birini qutlab, ezgu tilaklar bildirmoqda.
Navro‘z tantanalari xalqimizning qadimiy an’analari, milliy qadriyatlari va inson qadrini ulug‘lashga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/bSCpSkUWROY" title="Surxondaryoda Navro‘z bayrami va xalq sayillari bo‘lib o‘tmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA