Urush dunyo iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi? (+video)
Yaqin Sharqda yuzaga kelgan AQSH, Isroil va Eron ishtirokidagi urush global iqtisodiyotga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Harbiy harakat, o‘zaro hujum energiya infratuzilmasi, transport yo‘laklari va savdo tizimiga ham bevosita zarba bermoqda. Ayniqsa, neft va gaz bozorida keskin tebranish kuzatilyapti.
Mutaxassislar fikricha, eng muhim strategik nuqtalardan biri hisoblangan Hurmuz bo‘g‘ozi hisoblanadi. Dunyo neftining salmoqli qismi aynan shu hudud orqali tashiladi. Agar bu yo‘lak to‘liq yopilsa yoki xavf ostida qolsa, global energiya bozori jiddiy inqirozga duch kelishi mumkin.
Bu jarayon Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston va mintaqadagi boshqa davlatlar yangi transport yo‘laklari, energiya savdosi va iqtisodiy hamkorlik orqali yuzaga kelayotgan xavotirli vaziyatni yaxshilashga harakat qilmoqda.
Umuman, bugungi geosiyosiy mojarolar kelajakdagi global iqtisodiy tartibni shakllantirishi mumkin. Shuning uchun davlatlar yangi sharoitga moslashish, iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga intilyapti.
Ayni jarayonlarni kengroq ochib berish maqsadida O‘zA muxbiri Iqtisodiyot assambleyasi raisi Muxtor Umarov bilan suhbatlashdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4jg-67_Wzvk" title="Urush dunyo iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Yoqubjon Meliboyev (video), O‘zA