Yosh badiiy gimnastikachilarimiz Germaniyada sovrinli o‘rinlarni egalladi
Germaniyaning Fellbax-Shmiden shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha tashkil etilgan xalqaro turnirda hamyurtlarimiz munosib natijalar qayd etdi.
Yevropa mamlakatlarining iqtidorli sportchilari bilan kechgan murosasiz bahslarda terma jamoamiz a’zolari jamoaviy bahslarda 2 ta medalga ega chiqdi.
Xalqaro turnirda iste’dodli sportchilarimiz Mumtozabonu Ishoqzoda, Amaliya Mamedova, Evelina Atalyans, Yuliya Valevataya, Yasmina Mkrticheva va Samira Ahmedovadan iborat guruh 3 ta halqa/4 ta bulava dasturida 1-o‘rinni, 5 ta koptok dasturida esa 2-o‘rinni egalladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA