Bokschilarimiz "Futures Cup"da birinchi bo‘ldi
Tailandning Bangkok shahri yoshlar o‘rtasida "Futures Cup" xalqaro turniriga mezbonlik qildi. Bahslarda ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari 4 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, umumjamoa hisobida Qozog‘iston ikkinchi va AQSH uchinchi o‘rindan joy oldi.
Musobaqada terma jamoamiz a’zolaridan Sardorbek Bahromxo‘jayev, Asadbek Sultonboyev, Islom Salixov va Rushanabonu Isoyeva o‘z vaznida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Suhrob Rahmatullayev, Nazokat Mardonova, Sevara Mamatova, Samira Turg‘unova, Asaloy Baxtiyorova, Abdug‘ani Yorqinjonov va Nilufarxon Abduhoshimova bronza medal bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA