Bosh mutaxassis pora bilan qo‘lga tushdi
Jizzaxda mahalliy hokimiyat vakiliga nisbatan korrupsiya bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi katta e’tibor uyg‘otdi.
Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilishi natijasida Zarbdor tumani hokimligi bosh mutaxassisi X. U. davlat zaxirasidagi 4 sotix yer maydonini auksionda rasmiylashtirib berish evaziga 20 million so‘m olgan vaqtda ushlandi.

Ashyoviy dalillar to‘plandi va qonun oldida javobgarlikka tortilishi ta’minlandi.
Bunday holatlar mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi tizim yanada faol ishlayotganini ko‘rsatadi. Qonun doirasida ko‘rilayotgan qa’tiy choralar, oshkoralik va shaffoflik aholida davlat organlariga bo‘lgan ishonchni tiklaydi hamda korrupsiya illatining keskin kamayishiga olib keladi.
Abdujalol Qayumov, O‘zA