Talaba-yoshlar hasharda faol
FOTOREPORTAJ
Andijon davlat pedagogika institutida ham “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik va faollikda o‘tmoqda.
Hasharda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, ta’lim muassasasi hududini obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shmoqda.
Tadbir davomida institut hududi va unga tutash maydonlarda tozalash ishlari amalga oshirildi. Yashil hududlar tartibga keltirilib, gulzorlar parvarish qilindi, yo‘laklar va dam olish maskanlari obodonlashtirildi. Shuningdek, bo‘sh maydonlarga manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.
[gallery-28137]
Bundan tashqari, talabalardan tashkil topgan volontyorlar jamoasi institutga yaqin mahallalarda ham tozalash ishlarida ishtirok etdi.
Aytish joizki, umumxalq xayriya hashari doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ta’lim muassasasi hududini yanada ko‘rkam etish, talabalar uchun qulay va sog‘lom muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA