Sun’iy intellektga oid munosabatlar tartibga solinadi (+video)
Keyingi yillarda mamlakatimizda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda keng qo‘llash, raqamli ma’lumotlardan foydalanilish imkoniyatini va ularning sifati yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga sun’iy intellekt tushunchasiga qonun darajasida ta’rif berish, axborot resurslarini yaratishda hamda sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlari ishida sun’iy intellektdan foydalanishga doir umumiy qoidalarni belgilash, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning umumiy asoslarini belgilashga hamda ushbu sohadagi vakolatli davlat organining vakolatlarini aniqlashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Bugungi lavhamizda Sun’iy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinishi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqida batafsil ma’lumot beramiz.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XDlUkdTUv3Q" title="Sun’iy intellektga oid munosabatlar tartibga solinadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA