Mujtabo Humanaiy Eronning yangi oliy rahbari etib saylandi
Ekspertlar kengashi ovoziga ko‘ra, Ali Humanaiyning ikkinchi o‘g‘li Mujtabo Humanaiy Eronning yangi oliy rahbari etib tayinlangani e’lon qilindi.
57 yoshli Mujtabo Xumanaiy shia diniy ta’limini olgan. Shuningdek, u Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusida xizmat qilgan va Eron-Iroq urushida ishtirok etgan.
Mamlakat Ekspertlar kengashi bayonotida aytilishicha, oliy rahbar halok bo‘lganidan keyin hokimiyat “vakuumining”oldini olish maqsadida favqulodda yig‘ilish chaqirilgan. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, o‘lkaning yangi — uchinchi oliy rahbari etib oyatulloh Mujtabo Xumanaiy tayinlangan.
Shuningdek, murojaatda Eron fuqarolari yangi rahbarni qo‘llab-quvvatlashga va mamlakat birligini saqlab qolishga chaqirilgan.
“Al Jazeera” nashri yozishicha, uning oliy rahbar etib saylanishi Fors ko‘rfazi davlatlarida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.
Qayd etilishicha, bunday qaror jangovar harakatlar boshlanganidan beri har kuni Eron hujumlariga duchor bo‘lgan Fors ko‘rfazi davlatlari uchun harbiy vaziyatning amalda saqlanib qolishi demakdir.
O‘.Alimov, O‘zA