Taxiatosh tumaniga hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Uning kun tartibida tuman hokimi lavozimiga Sdikov Islambek Muratbayevich nomzodi ko‘rsatildi. Nomzod tuman Kengashining deputatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va Sdikov Islambek Muratbayevich Taxiatosh tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etdi.
I.Sdikov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri, Xo‘jayli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.