MDH doirasida “Transchegaraviy nochorlik va bankrotlik to‘g‘risida”gi qonun tayyorlanmoqda
MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo assambleyasi doirasida “Transchegaraviy nochorlik va bankrotlik to‘g‘risida”gi model qonun loyihasi tayyorlanmoqda.
Qonunni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishida O‘zbekiston Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev onlayn shaklda ishtirok etdi.

Loyihaning mazmun-mohiyati, uni ishlab chiqishda xalqaro tajribani inobatga olish masalalari hamda ilgari o‘tkazilgan muhokamalar natijalari ko‘rib chiqildi. Transchegaraviy bankrotlik amaliyotiga asoslangan takliflar taqdim etilib, loyiha yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Loyiha xalqaro huquqiy yondashuvlarga tayangan holda transchegaraviy bankrotlik jarayonlarida samarali koordinatsiyani ta’minlash, aktivlarni adolatli taqsimlash hamda investorlar va kreditorlar manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan.
Muhokama yakunida qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
N.Abduraimova, O‘zA