O‘zbekistonda UNFPA bilan hamkorlikda aholi turmush sifatini oshirishga oid loyihalar amalga oshiriladi
Oliy Majlis Senatiga BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nigina Abbaszade tashrif buyurdi.
Senat Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda UNFPAning demografik siyosat, reproduktiv salomatlik va gender tenglik sohalarida olib borayotgan amaliy ko‘magi hamda BMT tizimidagi ishonchli hamkor sifatidagi ahamiyati ta’kidlandi.
Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida Jamg‘arma tomonidan jalb qilingan xalqaro ekspertlar va ko‘rsatilayotgan uslubiy yordamning muhimligi qayd etildi.

Tomonlar 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi doirasida qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqish, onlayn va gender zo‘ravonlikka qarshi kurashish, milliy tadqiqotlar o‘tkazish va oilaga yo‘naltirilgan siyosatni rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida strategik sheriklikni mustahkamlash hamda aholi turmush sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirishdan tomonlar manfaatdor ekani ta’kidlandi.
N.Abduraimova, O‘zA