Xalqaro qo‘mita a’zolari Toshkentda o‘tkaziladigan 38-Xalqaro informatika olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi
Joriy 9-16 avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi doirasida Xalqaro qo‘mita a’zolari O‘zbekistonning tayyorgarlik jarayonlarini baholash maqsadida Toshkent shahrida bo‘lib turibdi.
Qo‘mita a’zolari musobaqa o‘tkaziladigan Central Asian Expo Uzbekistan xalqaro ko‘rgazma markazi, olimpiada ishtirokchilari joylashtiriladigan Yangi O‘zbekiston hududidagi 12 ta mehmonxona va Kongress-holldan iborat ob’ektlarni ko‘zdan kechirdi va texnik infratuzilmaga oid masalalarni muhokama qildi.

Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligida bo‘lib, IOI–2026ga O‘zbekistonning tayyorgarlik holati bo‘yicha taqdim etilgan hisobot bilan tanishdi, deyiladi Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotida.
Uchrashuv davomida sohadagi erishilgan natijalar hamda xorijiy AT kompaniyalar uchun mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
A.RUSTAMOV, O‘zA