Pentagon “ChatGPT”ni harbiy tizimlarga integratsiya qilmoqda
AQSH Mudofaa vazirligi “OpenAI” bilan yangi hamkorlik doirasida “ChatGPT”ni o‘zining harbiy sun’iy intellekt platformasiga integratsiyalashganini e’lon qildi.
Matbuot bayonotiga ko‘ra, “ChatGPT” barcha harbiy bo‘linmalardagi operatsion tizimlarda joriy etiladi va “hisoblash ishlari va tezlashtirilgan qaror qabul qilish” uchun ishlatiladi.
Mamlakat mudofaa vaziri Xegset ta’kidlashicha, ushbu platforma dunyodagi eng kuchli sun’iy intellekt modellarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri har bir amerikalik jangchining qo‘liga topshiradi.
S.Rahimov, O‘zA