Armaniston va AQSH o‘rtasida yadroviy hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolandi
Yerevan shahrida AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan tomonidan tinch maqsadlarda yadro energiyasidan foydalanish bo‘yicha kelishuv imzolandi, deb xabar bermoqda “Reuters” axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, mazkur hujjat Vensning Armanistonga ikki kunlik rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.
Pashinyanning ta’kidlashicha, ushbu kelishuv xavfsiz va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali o‘lkaning energetik resurslarini diversifikatsiya qilishga xizmat qiladi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA