AQSH BMT oldidagi qarzlarini to‘lamoqchi
Qo‘shma Shtatlar BMTga qarzdorlik to‘lovini yaqin haftalar ichida amalga oshirishini ma’lum qildi. Bu haqda AQSHning BMTdagi elchisi Mayk Uolsga tayanib, “Reuters” axborot agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, mablag‘lar yillik a’zolik to‘lovlariga xizmat qiladi. Uols qarzlarning aniq summasi hali belgilanmaganini aytdi.
BMT manbalariga ko‘ra, tashkilot byudjetiga qarzdorlikning 95 foizdan ortig‘i AQSH tomonidan to‘lanishi kerak va bu miqdor 2,19 milliard dollarni tashkil etadi. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar tinchlikni saqlash missiyalari uchun 2,4 milliard dollar hamda BMT tribunallari uchun 43,6 million dollar qarzdor.

Uols BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning “UN80” islohot dasturi tarafdori ekanini ta’kidlab, bu muhim birinchi qadamligi, ammo yetarli darajada emasligini bildirdi.
D.Hakimov, O‘zA