Fransiya va Kanada Grenlandiyada konsullik ochdi
Grenlandiya poytaxti Nuuk shahrida Fransiya va Kanada konsulliklari faoliyat boshladi.
Bu voqea orol zamonaviy tarixida ilk bor bir vaqtda ikki davlat diplomatik vakolatxonasi ish boshlashi bilan ahamiyatli.
Kanada konsulligi ochilishi marosimida mamlakat tashqi ishlar vaziri Anita Anand hamda General-gubernator Meri Saymon ishtirok etdi. Ma’ruzachilar mazkur hamkorlik o‘zaro diplomatik aloqani yanada mustahkamlash barobarida Grenlandiyada demokratiya va suverenitet tamoyilini mustahkamlash, xalqning o‘z kelajagini mustaqil belgilash huquqiga hurmat bildirish ramzi ekanini ta’kidladi.
Fransiya bosh vakolatxonasi ochilishi munosabati bilan tayinlangan konsul Jan-Noel Puare nutq so‘zlab,Parij grenlandlar hamda Daniya tomoni istagi bilan mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, ayni payt fransuz konsulligi doimiy binoga ega emasligi ham ma’lum qilingan.
D.Hakimov, O‘zA