Texnik jihatdan tartibga solish agentligi: Xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish 44 foizga yetdi
O‘zbekistonda xalqaro standartlarni milliy standartlar bilan uyg‘unlashtirish ishlari tizimli olib borilmoqda. Bu esa iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy talablarni joriy qilish, mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi olib borgan sa’y-harakatlar natijasida ushbu uyg‘unlashtirish darajasi 43,9 foizga yetdi. Bu esa texnik tartibga solish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini ko‘rsatadi.
Standartlarni uyg‘unlashtirish orqali mahsulotlar xavfsiz va sifatli bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar uchun texnik to‘siqlar kamaymoqda va mahalliy korxonalarning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlari kengaymoqda.
Kelgusida ham bu yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilib, xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish ko‘rsatkichi yanada oshirilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyati esa mamlakat iqtisodiyoti va eksport salohiyatini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
O‘zA