Energetika vazirligi metan zapravkalarning ish tartibini ma’lum qildi
Ertaga, 2 fevraldan boshlab “metan zapravkalar” soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi.
Farg‘ona vodiysidagi metan zapravkalarning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda va gaz bosimiga muvofiq belgilanadi.
Shu bilan birga, ijtimoiy soha ob’ektlari, maxsus texnika va jamoat transporti uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz va barqaror tarzda ta’minlanadi.
N.Ziyodullayeva, O‘zA