AQSH aviatashuvchilar guruhini Yaqin Sharqqa yo‘naltirmoqda
AQSH Eron bilan munosabat keskinlashayotgan bir paytda Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini kuchaytirmoqda. “The New York Times” va “Axios” nashrlari xabar berishicha, Vashington Janubiy Xitoy dengizida joylashgan “USS Abraham Lincoln” aviatashuvchisi hamda qo‘riqlovchi kemalarini shu mintaqaga ko‘chirmoqchi.
Manbalar yozishicha, aviatashuvchilar guruhi Yaqin Sharqqa yetib borishi uchun taxminan bir hafta vaqt kerak. Umuman, mintaqada boshqa qo‘shimcha qurol-yaroq va harbiy texnika joylashtirilayotgani ham aytilmoqda.
Pentagon hozircha ushbu ma’lumotni rasman tasdiqlamagan.
D.Hakimov, O‘zA