“Paxtakor”ning ikkinchi akademiyasiga aylangan “Nasaf” (+video)
Xabaringiz bo‘lsa kerak, "Paxtakor" klubi "Nasaf"ning ikki futbolchisi Sherzod Nasrullayev va Oybek Bozorov transferini e’lon qildi. So‘nggi yillarda "sherlar" Qarshi klubidan juda ko‘plab futbolchilarni xarid qilayotgani ko‘pchilikning e’tiborini tortayotgan bo‘lsa ajab emas. Ba’zan Nasaf Paxtakorning ikkinchi akademiyasi kabi fikrlar ham yangrab turadi, hatto.
Darhaqiqat, ayni vaqtda termamizda to‘p tepayotgan aksar katta nomlar va hatto Superliganng eng muvaffaqiyatli legioneri ham dastlab Nasafda futbolchisi sifatida shakllanib, Paxtakorda o‘zining muvaffaqiyatli davrini o‘tkazgan. Dragan Cheran kabi o‘zbek futboli uchun ajoyib topilma bo‘lgan ijrochi dastlab "Nasaf" tarkibida ko‘rinish beradi, biroz vaqt o‘tib esa "Paxtakor" uni o‘z safiga qo‘shib oladi. Termamiz safida to‘p tepayotgan Odil Hamrobekov hamda Farrux Sayfiyev bilan ham shu holat yuz bergan. Ular "Nasaf"da futbolchi sifatida shakllanib, "Paxtakor"da katta nomga aylangan, sovrinlar yutgan. Shuningdek, yana ikki futbolchi borki, "Paxtakor"da ancha muvaffaqiyatli davr o‘tkazgan. Albatta, "ajdarlar" ular uchun tramplin vazifasini bajargan.
"You Tube" sahifamizga joylangan videoda so‘nggi 10 yillikda "Nasaf"dan "Paxtakor"ga o‘tgan eng yaxshi besh nafar futbolchi xususida so‘z yuritamiz.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/O7z3z070c1w" title="“Paxtakor”ning ikkinchi akademiyasiga aylangan “Nasaf”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Karim Xudoyqulov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA