AQSH harbiy sun’iy yo‘ldoshlarga koinotda yonilg‘i quyishni sinovdan o‘tkazmoqchi
Qo‘shma Shtatlar bu yil harbiy sun’iy yo‘ldoshlarni orbital yonilg‘i bilan to‘ldirish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash imkoniyatlarini sinab ko‘rish uchun to‘rtta sun’iy yo‘ldosh parvozini amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar tarqatdi “Air& Space Forces Magazine” jurnali.
Ta’kidlanishicha, ushbu missiyalar AQSH Mudofaa vazirligining turli bo‘limlari tomonidan xususiy sektorkompaniyalari ishtirokida moliyalashtirilmoqda. Rejalashtirilgan to‘rtta missiyaning barchasi geostatsionar orbitada, Yer yuzasidan taxminan 35 000 kilometr balandlikda amalga oshiriladi.
Ushbu missiyalardan biri yozga rejalashtirilgan va “Astroscale” tomonidan ishlab chiqilgan yonilg‘i bilan to‘ldirish sun’iy yo‘ldoshini uchirishni o‘z ichiga oladi. U Qo‘shma Shtatlar tomonidan harbiy sun’iy yo‘ldoshni orbitada birinchi marta gidrazin bilan to‘ldirishni amalga oshirishi kutilmoqda.
AQSH kosmik kuchlari va harbiy-havo kuchlari tadqiqot laboratoriyasi “Tetra-5” qo‘shma dasturi doirasida kosmik kemani orbitaga chiqarish, avtonom uchrashuv va sinovlarni tekshirishni rejalashtirmoqda.
S.Rahimov, O‘zA