Taksi haydovchilarini aldash holatlari ko‘paymoqda (+video)
So‘nggi paytlarda taksi xizmatlarida faoliyat yuritayotgan haydovchilarga nisbatan qaratilgan yangi firibgarlik sxemalari aniqlanmoqda. Noma’lum shaxslar o‘zlarini mijoz sifatida ko‘rsatib, haydovchilarni turli yo‘llar bilan aldashga urinmoqda.
Bu usulda siz bilgan ilovalar orqali taksi buyurtma qilinib, haydovchidan yukni ko‘rsatilgan manzilga yetkazish so‘raladi. Katta quti yoki sumka berilib, ichida qimmatbaho buyum borligi aytiladi va tovar pulini haydovchi o‘z cho‘ntagidan berishi, buyurtma yetkazib berilgach, yukni qabul qilib oluvchi yo‘lkira bilan birga qutidagi tovar pulini qaytarishi aytiladi.
Taksi haydovchisiga qabul qilib oluvchiniki deya raqam ham berilib, telefon orqali suhbatlashtiriladi. Soxta buyurtmachi haydovchiga jo‘natmani qo‘rqmay olib kelaverishini, aytilgan summani berishi, manzilga kelgach barcha pullarni qaytarishini, yo‘l haqini esa oshig‘i bilan berishiga ishontiradi.
Kun davomida ishlaydigan pulni bir soatda topishini o‘ylagan haydovchi shu tariqa qopqonga ilinadi.
Batafsil video davomida:
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/NTd2bTjQL9A?si=9lAlgWQmcoZErsNi" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Mohichehra Eshmirzayeva, Oybek Davronov, O‘zA