Vashington Venesuelaga hujum uyushtirilganini rasman e’lon qildi
Prezident Donald Tramp Amerika kuchlari Venesueladagi kemalarga giyohvand modda yuklash uchun foydalanilgan portga hujum qilganini aytdi. Shu tariqa AQSH Janubiy Amerikadagi mazkur davlat hududiga zarba berilganini birinchi marta rasman e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, ushbu amaliyot Maduro hukumatiga bosimni kuchaytirishga qaratilgan.
Tramp hujum natijasida faqat kemalar va port hududi vayron etilganiga urg‘u berdi va "Baza endi yo‘q!" deya qo‘shimcha qildi.
CNN Oq uy rahbari amaliyotda AQSHning qaysi kuchlari qatnashganini aniq aytmagani, Markaziy razvedka boshqarmasining ehtimoliy ishtiroki haqidagi taxminga ham izoh bermagani xususida yozdi.
Keyinroq Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro AQSH Venesueladagi kokain ishlab chiqarish bilan bog‘liq fabrikaga zarba berganini tasdiqladi.
- AQSH Marakaibodagi zavodga zarba berganidan xabardormiz, - deb yozdi u o‘z elektron pochtasida.
Marakaibo aholi eng zich joylashgan shahar bo‘lib, mamlakatni Karib dengizi bilan bog‘laydigan bo‘g‘oz bo‘yida joylashgan.
S.Rahimov, O‘zA