Afg‘oniston va Pokiston ziddiyati: Muzokaralar natija bermayapti, to‘qnashuvlar davom etmoqda
Juma kuni kechqurun Pokiston va Afg‘oniston chegara hududida harbiylari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi. Ta’kidlanishicha, voqeada hech kim qurbon bo‘lmagan.
“Tolibon” vakili Zabihulla Mujohid Pokiston kuchlari Afg‘oniston janubidagi Qandahor mintaqasida hujum boshlaganini aytmoqda. Uning ta’kidlashicha, buning ortidan afg‘on tomonining javob choralari ko‘rilgan.
Pokiston rasmiylari esa “Tolibon”ni chegara bo‘ylab “sababsiz” otishmalarda aybladi.

To‘qnashuvlar Islomobod va Kobul o‘rtasida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyodda bo‘lib o‘tgan navbatdagi muzokaralar barbod bo‘lganidan keyin sodir bo‘ldi, ikkala tomon ham muzokaralarni natijasiz, deb e’lon qilishdi.
Shanba kuni esa ikki mamlakat chegaralarida yana otishmalar boshlangan. “Tolibon” vakillari Pokiston armiyasi tomonidan o‘qqa tutilgan otishmalarda besh kishi halok bo‘lganini aytdi.

O‘z navbatida, Pokiston hukumati afg‘on kuchlarini Chaman tumanida chegara bo‘ylab otishmalar uyushtirayotganlikda ayblamoqda.
S.Rahimov, O‘zA