Xitoy G‘azoga 100 million dollar gumanitar yordam beradi
“Reuters” axborot agentligi xabar berishicha, Xitoy G‘azo sektoridagi gumanitar inqirozni yumshatish va qayta qurish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun falastinliklarga 100 million dollar yordam ajratadi.
Bu haqida batafsil XXR raisi Si Szinpin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Pekindagi uchrashuvdan so‘ng qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
G.Sattorova, O‘zA